Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Mudofaa vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Farhodjon Ortiqov.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston  Prezidentining farmoyishiga ko‘ra, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Farhodjon Nabijonovich Ortiqov lavozimidan ozod etilib, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ortiqovning o‘rniga okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib Sharqiy harbiy okrugiga qarashli G‘urumsaroy garnizonidagi harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelayotgan polkovnik Dilshod Sadulloyevich Choriyev tayinlangan.

Dilshod Choriyev. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring