Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston-Belarusning hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

O‘zbekiston-Belarusning hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

19-may kuni Sharqiy harbiy okrug «G‘urumsaroy» dala-o‘quv maydonida joriy yilning 20 – 27-may kunlari o‘tkaziladigan «Jangovar hamdo‘stlik – 2019» shiori ostidagi O‘zbekiston – Belarus maxsus bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikdagi mashg‘ulotlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitserlari, Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Lutfullo Buzrukov, Pop tumani hokimi, O‘zbekiston va Belorus mamlakatlarining harbiy xizmatchilari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar respublikalarimiz o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani va aynan ikki mamlakat qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilayotgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari ana shu ishlarning uzviy davomi ekanligini ta’kidlab, ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilashdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring