Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Moskvada "Tolibon" harakati bilan uchrashadi

O‘zbekiston Moskvada

2018-yil 9-noyabr kuni Moskvada Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari va maxsus vakillar darajasida Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning Moskva shakli 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskva shahrida "Tolibon" harakati vakillari bilan muzokaralar olib boradi.

"Bunday darajadagi xalqaro uchrashuvda ilk marta Dohadagi (Qatar) "Tolibon" harakatining siyosiy idorasi delegatsiyasi ham ishtirok etadi", deyiladi Rossiya TIV axborotida.

Yig‘ilishga O‘zbekiston, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSh taklif qilingan.

O‘zbekiston rasmiylari 2018-yil 7-10-avgust kunlari "Tolibon" harakati bilan Toshkentda muzokara o‘tkazgan edi.

Ushbu uchrashuvdan keyin "Tolibon" harakati Toshkentda o‘zining siyosiy vakilligini ochayotgani, bu orqali harakat O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirmoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar bolalab ketgan edi.

"Bu masala muhokama qilinmaydi. Hech qanday ofis ochilmaydi", degandi o‘shanda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring