Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida muammoli chegara hududlari 208 km qolgan – OAV

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida muammoli chegara hududlari 208 km qolgan – OAV

Kecha, 9-avgust kuni Qirg‘izistonning Cholpon-ata shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalarining ikki davlat o‘rtasidagi muammoli chegara hududlarni demarkatsiya qilish masalasida muzokara boshlandi. Bu haqda mahalliy OAVlar Qirg‘iz Hukumatining chegara masalalari bo‘yicha maxsus vakili Nazirbek Borubayevga tayanib xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari umumiy chegaralarning hali kelishilmagan 208 kilometrlik uchastkalari bo‘yicha har ikki respublika rasmiylarining o‘z qarashlariga oydinlik kiritishni maqsad qilgan.

Qirg‘iz amaldorining qayd etishicha, hozirda o‘zbek va qirg‘iz rasmiylari ikki davlat o‘rtasidagi 1170 kilometlik chegara hududlar bo‘yicha bir to‘xtamga kelishgan va kelishib olishgan.

«Biz ushbu yilda O‘zbekiston bilan davlatlarimiz o‘rtasidagi chegara masalasi bo‘yicha muzokaralarni to‘liq yakunlashni rejalashtirayapmiz», – degan Barubayev.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring