Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda AES qurilishiga Rossiya yordam beradi

O‘zbekistonda AES qurilishiga Rossiya yordam beradi

Foto: «Government.ru»

Oldin xabar berganimizdek, bugun, 7-sentabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Rossiyaga borgan va u yerda Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev uchrashgan. Bu haqda Rossiya hukumati axborot xizmati xabar berdi.

Tor doiradagi uchrashuvdan keyin ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Dmitriy Medvedev ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2018 yilda 1 milliard dollarni tashkil etishini aytib o‘tdi.

"Rossiya O‘zbekistondagi yetakchi investorlardan biri sanaladi. Mamlakatda Rossiya kompaniyalari yirik iqtisodiy loyihalarni amalga oshirmoqda. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, investitsiyalarning umumiy qiymati 9 milliard dollarga yaqinlashib qoldi", dedi Dmitriy Medvedev.

Shuningdek, Rossiya bosh vazirining aytishicha, Rossiya va O‘zbekiston AES qurish bo‘yicha bugun kelishuvni imzolaydi. Abdulla Aripov esa oktyabr oyida O‘zbekistonda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davlat tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidladi.

Majlis so‘ngida O‘zbekiston va Rossiya bosh vazirlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:

- O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 19-majlisi bayoni;

- O‘zbekiston hududida Atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi bitim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring