Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Po‘lat Bobojonov MDH davlatlari ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi

Po‘lat Bobojonov MDH davlatlari ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashdi

Foto: «iiv.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya 20 iyul kuni Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida o‘tkazilgan MDHga a’zo davlatlarning ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Foto: «iiv.uz»

Ishchi yig‘ilishda Ozarbayjon, Belarusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi,  MDH Ijroiya qo‘mitasi, MDHga a’zo davlatlar hududlarida uyushgan jinoyatchilik va jinoyatlarning boshqa xavfli turlari bilan  kurashishni muvofiqlashtirish byurosi, Interpol va Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot va muvofiqlashtirish markazi (SARIKS) vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda ilgari tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq 10ta masala muhokama qilindi.

Kengashda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonov yig‘ilganlarga respublikada shuningdek, ichki ishlar organlari tizimlarida o‘tkazilayotgan islohotlar yuzasidan axborot bergan.

Jumladan, vazir 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengashi va hukumat rahbarlari kengashi tomonidan tasdiqlangan qarori, davlatlararo turli turdagi jinoyatlar bilan kurashish dasturi ijrosini bajarilishini natijalari haqida tanishtirdi.

Kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha MDH ichki ishlar vazirlar kengashining tegishli qarorlari imzolandi.

MDH Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring