Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident DXX haqida: «Ular uxlaganlaringda tush ko‘rganlaringni bilmasligi mumkin, boshqa hamma narsani biladi»

Prezident DXX haqida: «Ular uxlaganlaringda tush ko‘rganlaringni bilmasligi mumkin, boshqa hamma narsani biladi»

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

«Xabar.uz» portali muxbirining xabar berishicha, ayni paytda Ulug‘nor tumanida viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Davlat xavfsizlik xizmati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Milliy xavfsizlik xizmatining, hozirgi Davlat xavfsizlik xizmatining obro‘yini juda ko‘taraman. Ularning kattalari ichida 20 foizi o‘g‘ri bo‘lgan. Bularning ichida sadoqatli insonlar juda ko‘p. Hozir qo‘l qo‘ydim: bularga uy qurayapman, oyligini ko‘tartiraman.

Lekin bir narsani bilinglar: 100 foiz vaziyatni, uxlaganlaringda tush ko‘rganlaringni bilmasligi mumkin, boshqa hamma narsani biladi. Shuning uchun ham kechagi boshqa davlatlar bilan shartnomalarda shunday uskunalar olib kelayapmiz. Boshqa ilojimiz yo‘q. Bizga xiyonatchilar kerak emas. Biz juda ko‘p azob-uqubatni boshimizdan o‘tkazgan odammiz. Andijon ikkinchi marta sinov, baloga chiday olmaydi. Odamlar norozi bo‘ladi. Ularning ichida halol, pokiza odamlar ko‘p. Tepadagilarni xudo urgan edi. Poraxo‘r edi. Qip-qizil. Men bu gaplarni aytayapman: negaki, mendan boshqa odam bu gaplarning tagini bilmaydi», dedi davlat rahbari.

 

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring