Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Mirziyoyev o‘zbekistonliklarga oilaviy sayohatga chiqishni tavsiya qildi

Prezident Mirziyoyev o‘zbekistonliklarga oilaviy sayohatga chiqishni tavsiya qildi

Shavkat Mirziyoyev

Foto: «Sputnik»

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatga xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda sohaga mas’ul davlat organlari rahbarlari, mas’ul xodimlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mutasaddi idoralar vakillari, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar qatnashmoqda.

Foto: O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati

Yig‘ilishda qatnashayotgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakilining ma’lumot berishicha, davlat rahbari o‘zbekistonliklarni oilaviy sayohatga chiqishga targ‘ib qilgan, mutasaddilarga ushbu ishni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishni tayinlagan. Shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan jamoaviy sayohatlarni tashkil etilishi lozimligini uqtirgan.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring