Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi

Foto: President.uz

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.

«Xabar.uz» portali muxbirining xabar berishicha, ayni paytda Ulug‘nor tumanida viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish avvalida yig‘ilganlarni va O‘zbekiston xalqini Ramazon bilan tabrikladi.

«Ushbu qutlug‘ va barokatli kunlarda yaratgandan har bir kunimiz tinch va osoyishta bo‘lishini, sizga va oila a’zolaringizga, butun xalqimizga mustahkam sog‘liq salomatlik va qut baraka va baxt saodat yor bo‘lishini tilayman.

Vatanimiz taraqqiyoti, yurtimizning obodligi va xalqimiz farovonligi uchun olib borayotgan barcha ishlarimizga qodir Alloh o‘zi madadkor bo‘lsin, deb har birimiz shunday niyatlar bilan yashasak, qutlug‘ Ramazon oyida masjidlarda, fayzli xonadonlarda o‘qilayotgan duolar ijobat bo‘ladi. Nega deganda, mana shu ulug‘ Ramazon oyida ro‘za tutgan mo‘min musulmonlarimiz, xalqimiz duo qilganda yurtimizning tinchlik osoyishtaligini so‘rab duo qiladi. Qutlug‘ Ramazon kunlari butun xalqimizni chin dildan muborakbod etaman.

Mana shu aytilgan hamma gap chin yurakdan. Bizning hamma qilayotgan ishlarimiz mana shu halqimiz, odamlarimiz shukronalik bilan yashashi uchun. Mana O‘zbekiston sharoitida o‘tkazgan qur’on o‘qish musobaqasini qilganimiz, bu o‘qilgan duolar, qur’on suralarida yangragan, yuragidan aytilgan satrlar, men o‘ylaymanki, xalqimizni tinchlikka, osoyishtalikka sadoqat bilan, shukronalik bilan yashashga da’vat etadi. Va bu duolarning tagiga juda katta ma’no, mazmun bor. Birorta boy, qudratli davlatda bunday buyuk ajdodlari bor millat dunyoda yo‘q, desam ishoninglar. Shuning uchun, biz mana shunday ajdodlarimizga munosib bo‘lib, mana shunday ulug‘ kunlar bizga yarashib, shu ulug‘ kunlarda yaratganimizdan xalqimizga tinchlik xotirjamlik so‘raymiz.

Shu fursatdan foydalanib, butun xalqimiz, shu jumladan, Andijon ahlini chin dildan tabriklayman».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring