Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qonun va farmonlar ijrosidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Prezident qonun va farmonlar ijrosidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Foto:Prezident matbuot xizmati

7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining  26 yilligi tadbirida nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi ikki yil ichida qabul qilingan qonun, farmon va qarorlar ijrosidagi kamchiliklarni tanqid qildi.

«Keyingi ikki yilda fuqarolarimizning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, turmush sharoitlarini yaxshilash, yillar davomida to‘planib qolgan muammolarni hal etishga qaratilgan 90 ta qonun hamda 2 mingdan ziyod farmon va qarorlar qabul qildik.

Qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan 13 mingdan ortiq topshiriqlarning 20 foizi muddatida ijro qilinmagan. Bu Vazirlar Mahkamasi, qator davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari rahbarlari va mahalliy hokimliklarning ishga mas’uliyatsiz yondashayotganidan dalolat bermoqda» dedi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari joylardagi ortiqcha majlisbozlikni kamaytirib, ko‘proq amaliy ishlar va aniq natija bilan shug‘ullanish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Prezident nutqiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tubdan takomillashtirish, uni chinakam ijro hokimiyatining oliy organiga aylantirish vaqti kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring