Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident tadbirkor va investorlar bilan muloqot qildi

Prezident tadbirkor va investorlar bilan muloqot qildi

Foto: president.uz

Mirzaobod tumanida Sirdaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Social web solution» dasturiga alohida e’tibor qaratdi. Bu dastur elektron savdoni kengaytirish, internet orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida aholiga ko‘plab qulayliklar yaratadi.

Davlatimiz rahbari dastur tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash, undan foydalanishni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Foto: president.uz

Shu yerda Sirdaryo viloyatida baliqchilik, chorvachilik, ipakchilik va ko‘nchilikni rivojlantirish, sholi yetishtirish, lalmi va tomorqa yerlardan samarali foydalanish, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va xorijlik investorlar bilan muloqot qildi, loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Foto: president.uz
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring