Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlar Rog‘un GES bo‘yicha kelishib oldilar

Prezidentlar Rog‘un GES bo‘yicha kelishib oldilar

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga, erishilgan kelishuvlar o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashga intilgan holda qo‘shma bayonot imzolangani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari faoliyatining qayta tiklanganini mamnuniyat bilan e’tirof etib, ularning to‘laqonli faoliyat yuritishi ikkala xalq manfaatlariga xizmat qilishini hamda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishini ta’kidladilar.

Shuningdek, davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadigan, ikki davlat fuqarolarining 30 kunga qadar o‘zaro safarlari uchun vizasiz rejimning joriy qilinayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.


Mavzuga doir:

Rog‘un GES masalasiga yechim topildi (video)


Eng muhimi, Prezidentlar suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish sohasida mintaqaviy sheriklikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar hamda Markaziy Osiyo uchun suv-energetika muammolarini hal etishda mavjud va barpo etilayotgan gidroenergetik inshootlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoni Tojikiston Respublikasida gidrotexnik inshootlar, shu jumladan, Rog‘un gidroelektr stansiyasining qurilishida umum’tirof etilgan xalqaro normalar va mazkur ob’yektlarni qurish bo‘yicha standartlarga rioya qilinishini hisobga olgan holda ishtirok etish imkoniyatini har tomonlama ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.

Davlat rahbarlari mintaqadagi barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda konstruktiv muloqot o‘rnatishga ko‘maklashadigan Markaziy Osiyo transchegaraviy suv resurslaridan kompleks tarzda va samarali foydalanish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini ta’kidladilar.

Tomonlar Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi (Toshkent, 2018-yil 5-8-iyun) va 2018-2028-yillarda «Suv barqaror rivojlanish uchun» xalqaro harakatlar o‘n yilligi bo‘yicha oliy darajadagi xalqaro konferensiya (Dushanbe, 2018-yil 20-22-iyun) o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’tirof etadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring