Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin va Shavkat Mirziyoyev shaxsiy uchrashuvdan avval telefonda suhbatlashdi

Putin va Shavkat Mirziyoyev shaxsiy uchrashuvdan avval telefonda suhbatlashdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan yuzma-yuz uchrashuvdan oldin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kremlning rasmiy saytida xabar qilindi.

Rossiya rahbari telefon orqali muloqotda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Nashrning ma’lum qilishicha, avvalroq Putin o‘zbekistonlik hamkasbiga tabrik telegrammasi jo‘natgan.

Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Rossiyada futbol bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati yuqori saviyada tashkillashtirilganini ta’kidladi.

«Shu yil kuz oyida Rossiya prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi rejalashtirilyapti. Ikkala davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning eng muhim masalalarini muhokama qilishdi», – deyiladi xabarda.

Shuningdek, rahbarlar kun tartibidagi xalqaro va mintaqaviy masalalarni ham gaplashib olishdi.

Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kuz oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring