Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibray tumanining barcha rahbarlari ishdan bo‘shatildi

Qibray tumanining barcha rahbarlari ishdan bo‘shatildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 iyul kuni jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Videoselektorda ishtirok etgan «Xabar.uz» manbasining xabar berishicha, Prezident Toshkent viloyati Qibray tumani rahbarlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq bergan. Tuman hokimi, uning barcha o‘rinbosarlari, prokuror, IIB rahbari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, «Mahalla» jamg‘armasi tuman bo‘limi rahbari ham vazifasidan ozod etilgan.

Ma’lum qilishlaricha, bunga tumanda sodir etilgan mudhish jinoyat sabab bo‘lgan. Bundan bir qancha vaqt muqaddam oilaviy nizo tufayli ota turmush o‘rtog‘i va farzandlarini vahshiylarcha o‘ldirgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Ushbu voqea tuman rahbarlaridan tortib, profilaktika noziri, MFY raisigacha bo‘lgan rahbarlarning ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring