Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Registon maydonida bo‘ldilar
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birgalikda Samarqanddagi mashhur Registon maydonida bo‘ldilar.
Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Marko Rubio Samarqand ko‘p asrlar davomida xalqaro savdo aloqalarining muhim markazi bo‘lib kelganini ta’kidladi.
Bugun esa ushbu zaminda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
«Davlat kotibining yurtimizga ilk tashrifi aynan Samarqandda o‘tayotgani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega», deya yozadi Saida Mirziyoyeva.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter