Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylov komissiyasi a’zolariga ham daxlsizlik maqomi berildi

Saylov komissiyasi a’zolariga ham daxlsizlik maqomi berildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishi etib shu jumladan, saylovlarni o‘tkazishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, saylov komissiyalari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini keng ta’minlash belgilandi.

Bundan tashqari, qarorga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi a’zolari daxlsizlik maqomi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga tenglashtirildi.

Markaziy saylov komissiyasi tarkibida Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etildi. Markaz saylov komissiyasi a’zolarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Shuningdek, qaror bilan Saylov qonunchiligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqilganSaylov kodeksi loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, muhokama natijalariga ko‘ra loyiha matnini takomillashtirish va Saylov kodeksiniqabul qilish (muddat 2018 yil noyabr-dekabr), shuningdek boshqa qonun hujjatlari va Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarini Saylov kodeksiga muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring