Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senat yalpi majlisi ish boshladi. Unda Bosh vazirga parlament so‘rovi yuborish masalasi ham ko‘riladi

Senat yalpi majlisi ish boshladi. Unda Bosh vazirga parlament so‘rovi yuborish masalasi ham ko‘riladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi N.Yo‘ldoshev ochiq deb e’lon qildi.

Majlisda 28 masala ko‘rib chiqiladi. Shundan 17 tasi qonunlardir. Ular orasida «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida», «Urug‘chilik to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar bor.

Shuningdek, Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari muhokama etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, tashqi ishlar vazirining axborotlari, Farg‘ona viloyati hokimining hisoboti, Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi raisining Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitiladi.

2019-yilda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish dasturi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish va uni o‘tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimovga imkoniyati cheklangan yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlashga oid masalalar ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring