Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev 2018-yil nomini e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyev 2018-yil nomini e’lon qildi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Bugun, 22-dekabr kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

Mustaqil O‘zbekiston tarixida Prezident ilk marta televideniye orqali xalqqa murojaat qildi. Anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan birga, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq deputatlari hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar vakillari keng tarkibda ishtirok etdi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilni «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring