Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentiga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidentiga minnatdorlik bildirdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26-mart kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, birgalikdagi sa’y-harakatlar O‘zbekiston-AQSh munosabatlarini rivojlantirishga yangi sur’at bag‘ishlaganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston va AQSh afg‘on mojarosini tinch siyosiy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha jarayonni tez fursatda boshlash tarafdori ekanliklari ta’kidlandi.

Afg‘oniston hukumatining mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik jarayonlariga qo‘shilish bo‘yicha sa’y-harakatlarini ikki tomon ham qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani va uning ishida AQShning nufuzli delegatsiyasi ishtiroki uchun AQSh Prezidenti Donald Trampga minnatdorlik bildirdi.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon ushbu anjumanda ishtirok etish taklifi uchun Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnadorlik izhor qildi. Mazkur muhim xalqaro tadbirning o‘z vaqtida o‘tkazilayotgani va dolzarbligi alohida ta’kidlandi.

AQShlik diplomat mamlakatimizda davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati va iqtisodiyot sohalarida yangi bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘z mamlakati rahbariyati nomidan AQSh davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklikni mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring