Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

O‘zaro hamkorlik o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 30 yilda ustuvor tarmoqlardagi loyihalar portfeli 8 milliard dollardan oshdi.

Bugungi muzokaralar kun tartibidan ushbu yetakchi xalqaro moliyaviy institut ko‘magida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ilgari surish masalalari o‘rin olgan.

Alohida e’tibor qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilash, davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilish, ijtimoiy sohani modernizatsiyalash, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va boshqa jihatlarga qaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring