Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefonda muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefonda muloqot qildi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-oktyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqotda davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari o‘zaro savdo aylanmasi hajmi izchil ortib, nomenklaturasi kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Hududlararo hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.  

Sanoat, energetika, transport-kommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda aniq qo‘shma loyihalar bo‘yicha ishbilarmonlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi, bu mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Tomonlar eng muhim masalalar, jumladan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda samarali kurashish bo‘yicha yondashuvlari mushtarak ekanini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida intilishlari qat’iy ekanini ta’kidladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring