Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilar bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilar bilan uchrashadi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining haftalik rejasi bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Bugun farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari, «1 million dasturchi» loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.

9-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar  va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring