Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

8-oktyabr kuni Avazadagi tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston – Armaniston ko‘p qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol aloqalar yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

O‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda, mamlakatimizda Armaniston sarmoyasi ishtirokida 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgan.

Qishloq xo‘jaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring