Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Yaqin yillarda o‘zbek kosmonavti fazoga uchadi»

Shavkat Mirziyoyev: «Yaqin yillarda o‘zbek kosmonavti fazoga uchadi»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Muzokaralar yakunida davlatimiz rahbari jurnalistlar oldida chiqish qildi. Prezident, avvalo, oliy martabali mehmonni tashrif bilan qutlab, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganidan mamnun ekanligini bildirdi hamda Rossiya O‘zbekiston uchun eng yaqin savdo hamkorlaridan biri ekani, savdo hajmi muntazam oshib borayotganini ta’kidladi.

«Biz ilm-fan sohasida ham hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldik, — dedi Prezident. — Jumladan, kosmik tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha imzolandi. Buni bir necha oy avval muhokama qilgan edik, bugun esa yo‘l xaritasini qabul qildik. Yaqin kelajakda Rossiya kosmik kemalarida o‘zbekistonlik kosmonavt fazoga uchishi imkoniyati bor».

Davlatimiz rahbari 2020 yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan «G‘alaba» majmuasi bunyod etilishini bildirdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Rossiya adabiyoti klassik adiblarining yuz jildlik asarlar to‘plami chop etilishini qayd etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring