Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryo hokimligidan ketgan Bahodir Po‘latov Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lishi mumkin

Surxondaryo hokimligidan ketgan Bahodir Po‘latov Qoraqalpog‘iston prokurori bo‘lishi mumkin

Foto: «Uz24.uz»

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan edi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasiga prokuror etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda «UZ24» viloyatdagi manbasiga asoslanib xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bahodir Po‘latov 1 aprel kuni Bosh vazir Abdulla Aripov viloyatda o‘tkazgan yig‘ilishda Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari ko‘ngildagidek olib borilmagani uchun jiddiy tanqid qilingan.

Uning o‘rniga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Po‘latov 2018 yilning iyul oyida Erkinjon Turdimovning o‘rniga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Ungacha Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring