Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Imomali Rahmon: «Tojikiston siyosati ikki xil standartlardan xoli»

Imomali Rahmon: «Tojikiston siyosati ikki xil standartlardan xoli»

Foto: «Picstom.tj»

Tojikiston rahbari Imomali Rahmon Iqtisodiy hamkorlik hamdo‘stligi (IHH) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 23-majlisi doirasida Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uchrashdi. IHH TIVK majlisi 16-17-aprel kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Imomali Rahmon va Javld Zarif Tojikiston va Eron o‘rtasidagi ikkitomonlama hamkorlik masalalari, jumladan avval erishilgan bitimlarni amalga oshirish, savdo, investitsiya, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati 17-aprel kuni xabar tarqatdi.

Uchrashuvda xavfsizlik masalasiga taalluqli masalalar ham muhokama qilindi. Shu munosabat bilan Imomali Rahmon bu yo‘nalishda  Tojikistoning xalqaro siyosati «ikki xil standartlar»dan xoli ekanligini alohida ta’kidladi va barcha yo‘nalishlar ijobiy va shaffof shaklda olib borilishini qayd qildi. «Terrorizm, ekstremizm va diniy radikalizmga qarshi kurash tashqi siyosatimizning markazida turadi», — deya ta’kidladi Tojikiston rahbari.

Imomali Rahmon dushanba kuni Afg‘oniston TIV rahbari Salohiddin Rabboniy va IHH bosh kotibi Xalil Ibrohim Archa bilan ham uchrashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring