Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondon tayinlandi

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondon tayinlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Zokirjon Erkinboyevich Sayfudinov Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uning o‘rniga polkovnik Qodirjon Abdupattayevich Tursunov tayinlandi. Polkovnik Qodirjon Tursunov bundan oldin Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarning birida komandir lavozimida xizmat qilib kelgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga binoan joriy yilning fevral oyida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida xizmat qilib kelgan general-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring