Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahrida yana o‘n beshta ko‘prik quriladi

Toshkent shahrida yana o‘n beshta ko‘prik quriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi.

Ushbu yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 676 metr, kengligi 24 metrdan ziyod bo‘ladi. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «Ko‘prik qurilish tresti» korxonasi tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yakunlanish arafasida. Bugungi kunda ustunlarga temir-beton plitalar yotqizilib, yo‘lgacha bo‘lgan oraliq shag‘al bilan to‘ldirilmoqda. Har biri 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar estakadasi qurilishi davom etmoqda.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu yerda yangi ko‘priklar qurish, mavjudlarini ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Toshkent shahrida yana o‘n beshta joyda yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi barcha ko‘priklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, ularni saqlash va rejali ta’mirlash zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda ko‘priklarni ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan tizim yaratish, bunga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash va zamonaviy qurilish materiallarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring