Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi agroinspeksiya rahbariyati tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi agroinspeksiya rahbariyati tasdiqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Buxoro tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Muhiddin Esonov Bosh prokuraturadan Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazilgan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining yangi rahbari sifatida tasdiqlandi. Bu haqda «Minbar» nashri xabar berdi.

Inspeksiyaning oldingi rahbari Umarbek Xalilov Nurota tumaniga hokim bo‘lgan edi.

Muhiddin Esonov 2011-2016-yillarda Buxoro viloyati hokimi bo‘lib ishlagan. 2016-yilda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan lavozimidan ozod etilib, o‘rniga hozirgi hokim O‘ktam Barnoyev qo‘yilgandi.

Shuningdek, agroinspeksiya boshlig‘iga o‘rinbosarlar ham tayinlangan. Muzaffar Rasulov boshliqning birinchi o‘rinbosari, Ulug‘bek Jalilov, Zafar Zoirov va Ikromjon Hamroyev o‘rinbosar lavozimlariga tayinlanishgan.

Agroinspeksiya Bosh prokuraturadan martda «prokuraturaga xos bo‘lmagan vazifa va funksiyalar mantiqiy tadrijiy ravishda tegishli idoralarga o‘tkazilishi» doirasida Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘tkazilgan edi va unga vazirlik maqomi berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qaroriga muvofiq inspeksiya vazifalari belgilab berilgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring