Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuvda O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasidagi islohotlar muhokama qilindi

YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuvda O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasidagi islohotlar muhokama qilindi

Foto: «Sputnik»

Joriy yilning 20-may kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi, YXHT va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Sherzod Asadov YXHT Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda YXHTning amaldagi raisi, Slovakiya tashqi va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychakning 2019-yil 19-20-may kunlari mamlakatimizga qilgan tashrifi yakunlari, shuningdek, tashkilot faoliyati hamda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tomas Greminger O‘zbekistonning YXHT bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi, tashkilot bundan keyin ham munosabatlarni mustahkamlashdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Bosh kotib O‘zbekistonda inson huquqlari, so‘z erkinligi va axborot olish huquqini mustahkamlash, davlat idoralari mas’uliyatini oshirish, ijtimoiy siyosat va demokratik institutlarni qo‘llab-quvvatlashni davom etirish, iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali harakatlarni mamnuniyat bilan qayd etdi. O‘zbekistonda bir qator xorijiy agentliklar va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar saytlariga kirish to‘liq tiklangani e’tirof etildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilayotgani, mazkur strategiyaning maqsadi YXHT kun tartibida turgan masalalarga to‘la mos kelishi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, hamkorlikda O‘zbekistonda keng miqyosda olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring