Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayev yangi lavozimga tayinlandi

Zoyir Mirzayev yangi lavozimga tayinlandi

Zoyir Mirzayev Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Xabar.uz manbasi xabar berdi.

7-noyabr kuni Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ushbu qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 29-oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayevni egallab turgan lavozimidan ozod etgan edi. U g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois ishdan olingan edi.

Zoyir Mirzayev oldin Jomboy tuman hokimi, Samarqand shahar va viloyat hokimi lavozimlarda ishlagan. U 2016-yilning dekabrida Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, keyin esa qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring