Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov endi «Arsenal» xo‘jayinlaridan biri emas

Alisher Usmonov endi «Arsenal» xo‘jayinlaridan biri emas

Foto: «vspro.info»

Milliarder Alisher Usmonov Londonning «Arsenal» klubidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan 30 foiz aksiyasini klubning boshqaruv aksiyalari paketi egasi, Sten Kronkega sotib yuborishga rozi bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar tarqatgan.

Ma’lum qilinishicha, Alisher Usmonov o‘z aksiyalari sotuvidan 672 mln yevroga ishlab oladi. Milliarderning bu qarorga kelishiga jamoa aksionerlari o‘rtasida uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan mojaro sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shu tarzda «Arsenal»ning 67 foiz aksiyalariga ega Sten Kronke endi klubning deyarli to‘liq egasiga aylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring