Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asadbek Narimonov ham jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi

Asadbek Narimonov ham jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

AQShning Las-Vegas shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi JChda vakillarimiz navbatdagi medallarni qo‘lga kiritmoqda. Yigitlar o‘rtasida 73 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi polvonlar bahsida yurtdoshimiz Asadbek Narimonov 1 ta oltin va 2 ta kumush medallariga ega bo‘ldi.

Vakilimiz dast ko‘tarish mashqida 133 kg natija qayd etib, bu yo‘nalishning oltin medali bilan taqdirlandi. Biroq siltab ko‘tarish mashqida 154 kg natija bilan ikkinchi ko‘sartkichni qayd etdi. Umumiy hisobdagi natijasi esa 287 kg.ga teng bo‘ldi va bu ham yakunda yana bir kumush medalni taqdim qildi.

O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh
-73 kg
1. Karlos Nasar (Bolgariya) – 291 kg
2. Asadbek Narimonov (O‘zbekiston) – 287 kg
3. Amagiak Misakian (Gretsiya) – 272 kg

Eslatib o‘tamiz, musobaqada bungacha Nigora Abdullayeva 3 ta oltin, Og‘abek Nafasov 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring