Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boks Olimpiada-2020 dasturidan chiqarib tashlanishi mumkin

Boks Olimpiada-2020 dasturidan chiqarib tashlanishi mumkin

Foto: «RIA Novosti»

AIBA (Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi) ustidan surishtiruv boshlagan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Tokio-2020 olimpiadasida boks musobaqalari o‘tkazilishini shubha ostiga qo‘ymoqda. Bu haqda Life xabar berdi

XOQ Tokio olimpiadasida boks o‘yinlari o‘tkazilish rejasini bekor qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berilgan.

Ushbu qaror moliyalashtirilishi va noshaffof boshqaruv tizimi borasida muammolar bor AIBA (Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi) ustidan surishtiruv boshlanishi munosabati bilan qabul qilindi. Tashkilot AIBA prezidenti G‘afur Rahimov AQSh moliya vazirligining sanksiyalar ro‘yxatiga tushganidan xavotirda. XOQ rahbariyati bu holat Olimpiada mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan.

HOQ Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari tashkilotchilariga AIBA bilan aloqaga chiqishni taqiqladi, shuningdek, chiptalarni sotish va o‘yinlarni o‘tkazish jadvallarini tuzish to‘xtatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring