Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bokschi Bahodir Jalolovga yangi uy kaliti topshirildi

Bokschi Bahodir Jalolovga yangi uy kaliti topshirildi

Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan «Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, bir guruh surxondaryolik yigit-qizlarning sport sohasida erishayotgan yutuqlari munosib taqdirlandi.

Sport federatsiyalari mutasaddilari, murabbiylar, sport jamoatchiligi va sportchi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi, jahon kubogi sohibi, jahon hamda Osiyo chempionatlari sovrindori, ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi Bahodir Jalolovga Termiz shahridagi 2 xonali uyning kaliti va egalik sertifikati topshirildi.

Bahodir Jalolov 1994 yilning 8 iyulida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2018-2019 yillarda o‘tkazilgan professional boks janglari g‘olibi.

Iqtidorli bokschi 2019 yilning aprel oyida AQShning Nyu-York shtatida o‘tkazilgan bahslarda «NABF Junior Heavyweight Title» titul kamarini, Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U hozir Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring