Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir kubogi: AKT vazirligi jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi

Bosh vazir kubogi: AKT vazirligi jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi

Foto: Xabar.uz

Xabar berganimizdek, bugun futbol bo‘yicha «Bosh vazir kubogi» musobaqasiga start berildi.

Musobaqa mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Joriy yilgi bahslarda 43ta jamoa ishtirok etyapti.

Musobaqada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi dastlabki uchrashuvini Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Qizg‘in kechgan bahsda aloqachilar 5-0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring