Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun «Barselona» — «Lion» va «Bavariya» — «Liverpul» to‘qnashuvi bo‘ladi

Bugun «Barselona» — «Lion» va «Bavariya» — «Liverpul» to‘qnashuvi bo‘ladi

Foto: «ua-football.com»

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final bahslari bugun yakuniga yetadi. Toshkent vaqti bilan tungi soat 01.00 da «Barselona» — «Lion» va «Bavariya» — «Liverpul» bahsi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Dastlabki uchrashuvda «Barselona» safarda «Lion»ga qarshi kechgan bahsda 0:0 hisobi qayd etgan edi. Qiziq tomoni, «Bavariya» ham Angliyada «Liverpul» bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda aynan shunday natija qayd etgan.

Bu esa mezbonlarga yengil nafas olish imkonini bermasligi tayin. Chunki 0:0 dan tashqari istalgan hisobdagi durang natija «Lion» foydasiga hal bo‘ladi. Boz ustiga Yevropa Chempionlar ligasidagi sensatsion natijalarni o‘zingiz ko‘rib turibsiz.

Shunday ekan, tunda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarni o‘tkazib yubormang.

YeChL, 1/8 final
01:00 Barselona (Ispaniya) – Lion (Fransiya)
01:00 Bavariya (Germaniya) – Liverpul (Angliya)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring