Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Shahram G‘iyosov «Uembli»da jang o‘tkazadi

Bugun Shahram G‘iyosov «Uembli»da jang o‘tkazadi

Havaskor boksda jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlari sovrindori, ayni paytda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov bugun London shahridagi mashhur «Uembli» stadionida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Jangda hamyurtimizga nikaragualik Xulio Laguna raqiblik qiladi.Ma’lumot uchun, Shahram shu kungacha prof ringda to‘rt marotaba jang qilib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (3tasi nokaut). Laguna esa 14ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 10ta jangni muddatidan oldin yakunlagan.

Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadigan jang «UzReport» telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring