Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Coca Cola» Superliganing titul homiysiga aylandi. U hatto hakamlargayam pul to‘laydi

«Coca Cola» Superliganing titul homiysiga aylandi. U hatto hakamlargayam pul to‘laydi

«Coca Cola» kompaniyasi Superliganing 2019-yilgi mavsumi uchun titul homiy bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Bungacha O‘zbekiston Professional futbol ligasi «Pepsi» bilan muzokara olib borgan hamda ikki tashkilot o‘rtasidagi shartnoma bugun — 5-mart kuni imzolanishi kerak edi. Bungacha ham «Coca Cola» kompaniyasi PFL bilan muzokara o‘tkazgandi. Taklif nisbatan yaxshiroq bo‘lganiga qaramay, PFL 2018-yilgi homiy — «Pepsi» variantini ma’qulroq deb topdi.

Biroq kecha — 4-mart kuni «Coca Cola» o‘z taklifini o‘zgartirdi. Bu taklif Professional futbol ligasi uchun oldinga tashlangan qadam bo‘lishi mumkin edi. Unga ko‘ra, kompaniya nafaqat Superliga, balki O‘zbekiston kubogi musobaqasi uchun ham homiylik qiladi.

Joriy mavsumda Professional futbol ligasi Superliga klublari uchun badal pullarini oshirmadi. Qo‘shimchasiga, hakamlar, inspektorlar hamda komissarlar uchun barcha sarf-harajatlarni o‘z bo‘yniga oldi. Shuningdek, Superliga klublari futbolchilarining har biriga o‘z yonidan chiqim qilib, 10 million so‘mlik sug‘urta polislari olish imkoniyatini yaratdi.

Professional futbol ligasi «Pepsi» bilan hamkorlikni qadrlaydi. Mazkur kompaniya bizning tashkilot uchun juda katta yordam berdi va o‘zaro hamkorlik davomida o‘zining professional dastur hamda yo‘nalishlari bilan ijobiy taassurot qoldirdi, marketing yo‘nalishlari bilan o‘rnak bo‘la oldi. O‘zining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yildan-yilga yaxshilab borishni niyat qilayotgan Professional futbol ligasi 2018-yilgi mavsumdagi hamkorlik uchun «Pepsi» kompaniyasiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelajakda ham o‘zaro hamkorlik uchun tayyorligini ma’lum qiladi. «Pepsi» Superliganing ilk titul homiysi sifatida tarixda qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring