Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL yarim finali: To‘rt jamoa va Messi

YChL yarim finali: To‘rt jamoa va Messi

Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.

«Liverpul» Yurgen Klopp taktik xatoga yo‘l qo‘ygani yoki jamoasi kuchsiz o‘yin o‘tkazgani uchun emas, raqib jamoa tarkibida Messi o‘ynayotgani uchun shunday hisob qayd etildi.

«YeChLning favoriti – Messisi bor jamoa» degan Pachetino haq bo‘lib chiqyapti. Albatta, hali qarama-qarshilik tugamadi va «Liverpul» javob o‘yinida o‘z maydonida mo‘’jiza ko‘rsatishga urinib ko‘radi. Ammo ungacha hamma olqishlar «Barselona» va Messiga yo‘naltiriladi.

Roppa-rosa 14 yil avval afsonaviy Ronaldinoning chiroyli pasidan chiroyli gol urib, o‘z nomini birinchi bor katta futbol tablosiga yozdirib qo‘ygan Messi, bugun o‘zining 600-golini fantastik tarzda «Liverpul» darvozasiga joyladi.

Barselona (Ispaniya) – Liverpul (Angliya) 3:0

Gollar: 1:0 – 26 Suares, 2:0 – 75 Messi, 3:0 – 82 Messi.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Alenya, 90), Langle, Rakitich, Buskets, Vidal, Koutino (Nelson Semedu, 60), Messi, Suares (Dembele, 90).

Liverpul – Alisson, Matip, Robertson, Gomes, van Deyk, Keyta (Xenderson, 24), Fabino, Veynaldum (Firmino, 79), Milner (Origi, 85), Mane, Salax.

Ogohlantirishlar: Langle (39), Fabino (81), Suares (81), Alba (86).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring