Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Dunyo miqyosida bunday musobaqalar kam tashkillashtiriladi» — «Zakovat-Gambit»ga yuqori baho berildi

«Dunyo miqyosida bunday musobaqalar kam tashkillashtiriladi» — «Zakovat-Gambit»ga yuqori baho berildi

Toshkent shahrida sovrin jamg‘armasi 600 million so‘m bo‘lgan III «Zakovat-Gambit» shaxmat turniri bo‘lib o‘tmoqda. Turnir haqida Xalqaro shaxmat federatsiyasi hakami Majid Afandiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

«Bunday turnirlar katta musobaqalar: jahon chempionati, Olimpiyada o‘yinlari uchun tramplin vazifasini bajaradi. G‘oliblik uchun jiddiy kurash kechmoqda, kim kuchli bo‘lsa shu g‘alaba qozonadi.

Hindistonda o‘tgan Shaxmat olimpiadasida hakam sifatida qatnashganman. O‘shanda O‘zbekiston ajobiy tarzda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Bundan tashqari, yurtingiz 2026 yilgi Shaxmat olimpiadasini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Bularning barchasi o‘zbek shaxmati dunyoda yetakchi pog‘onada ekanligidan darak beradi.

Bugungi musobaqa xalqaro darajadagi musobaqadir. Dunyo miqyosida bunday musobaqalar kam tashkillashtiriladi, odatda bunday musobaqalarda faqat kuchli shaxmatchilargina qatnashar edi. Bu yerda esa hamma ishtirok etmoqda. Albatta, bu katta tajriba maktabi bo‘ladi.

Men mazkur musobaqada ikkinchi bor ishtirok etishim. Bu men uchun haqiqiy bayram».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring