Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YChL: 1/4 final. Ispan jamoalariga atalgan kecha

YChL: 1/4 final. Ispan jamoalariga atalgan kecha

Foto: Reuters

Bu oqshom Yevropa chempionlar ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinlari yakunlandi. «Barselona» «Pari Sen-Jermen» mehmoni bo‘lgan bo‘lsa, «Atletiko Madrid» dortmundliklarni qabul qildi. Har ikki o‘yin ham, kutilganidek, qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi.

«Barselona» Parijda kambekka kambek bilan javob berib, Kataloniyaga yaxshi kayfiyatda qaytdi. Birinchi taymda Rafinya «Barsa»ni hisobda oldinga olib chiqdi, ikkinchi taym boshlanishi bilan sobiq barselonachi Dembele hamda Vitinya ketma-ket gollar kiritib, parijliklarning kayfiyatini ko‘tarib yuborishdi. Ammo asta-sekin mehmonlar o‘yin tizginini qo‘lga ola boshlashdi va Rafinyaning dubli bilan javob qaytarishdi. Keyin esa tug‘ilgan kuni zaxiradan maydonga tushgan Kristensen o‘zi va jamoasiga ajoyib sovg‘ani tortiq qilib, g‘alaba golini kiritdi.

«Atletiko»ning g‘alabasiga esa De Paul va Lino birinchi taymda kiritgan gollar yetarli bo‘ldi. O‘yinning so‘nggi o‘n daqiqaligi boshlanganida Aller oradagi farqni qisqartirdi — bu gol javob o‘yinida «Borussiya D» uchun oltinga teng ham bo‘lishi mumkin.

Javob o‘yinlari 16-aprelga belgilangan.

YChL. 1/4 final. 10-aprel

Birinchi o‘yinlar

PSJ — Barselona 2:3

Gollar: Dembele (48), Vitinya (51) — Rafinya (37, 62), Kristensen (77).

PSJ: Donnarumma, Markinos, Ernandes, Lukas Beraldo, Mendesh, Fabian Ruis (Gonsalu Ramush, 85), Vitinya, Li Kan In (Zair-Emeri, 61), Dembele, Asensio (Barkolya, 46), Mbappe.

Barselona: ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Serxio Roberto (Pedri, 61), Gundo‘g‘an (Lopes, 86), de Yong (Kristensen, 76), Rafinya (Ferran Torres, 76), Yamal (Joau Feliks, 61), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Roberto (34), Vitinya (65), Kubarsi (82), Kristensen (88), Lopes (89), Beraldo (89).

Atletiko — Borussiya D 2:1

Gollar: De Paul (4), Lino (32) — Aller (81).

Atletiko: Oblak, Molina, Aspilikueta, Ximenes, Vitsel, Saul, Koke, De Paul (Korrea, 80), Lorente, Grizmann, Morata (Barrios, 64), Lino.

Borussiya D: Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser (Roys, 84), Jan (O‘zjan, 84), Nmecha (Brandt, 46), Sancho, Adeyemi (Bayno-Gittens, 73), Fyullkrug (Aller, 60).

Ogohlantirishlar: Jan (24), Lino (27), Lorente (28), Matsen (53), Ximenes (75).

Yevropa chempionlar ligasi 1/4 finalining 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlarida jangovar duranglar qayd etilgandi:

  • Real Madrid — Manchester Siti 3:3;
  • Arsenal — Bavariya 2:2
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring