Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YChL finali: «Liverpul» kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

YChL finali: «Liverpul» kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi

Foto: «Liverpoolfc.com»

«Liverpul» Yevropa Chempionlar ligasining Madriddagi finalida qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Bu haqda, bugun, 31-may kuni klub saytida ma’lum qilindi.

Klub taqdim etgan ro‘yxatda 23 nafar futbolchi bor.

Darvozabonlar — Alison Beker, Kivin Kelleher, Simon Minole.

Himoyachilar — Virjil van Deyk, Trent Aleksander-Arnold, Endryu Robertson, Joel Matip, Deyan Lovren, Jozef Gomes, Alberto Moreno.

Yarimhimoyachilar — Jorjino Veynaldum, Fabino, Jeyms Milner, Jordan Henderson, Adam Lallana, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Sherdan Shakiri.

Hujumchilar — Muhammad Saloh, Roberto Firmino, Sadio Mane, Divok Origi, Deniyel Starrij, Rian Bruster.

Eslatib o‘tamiz, YChL finali 1-iyundan 2-iyunga o‘tar kechasi (Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da) Madridda, «Vanda Metropolitano» stadionida boshlanadi. Unda «Liverpul» va «Tottenhem Hotspur» to‘qnashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring