Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yaxshi ayol futbolchi va Messi qancha daromad qiladi? Farq qancha?

Eng yaxshi ayol futbolchi va Messi qancha daromad qiladi? Farq qancha?

Foto: «Reuters»

Norvegiya ayollar terma jamoasi va «Lion» klubi hujumchisi Ada Xegerberg bir yilda 400 ming yevro maosh olishi ma’lum qilindi. Bu esa «Barselona» hujumchisi Lionel Messining daromadidan 325 marta kam deganidir.

Kataloniyaliklar hujumchisi Messi yiliga 130 million yevro daromad oladi. Xedeberg va Messi dunyoda eng ko‘p maosh oladigan ayol va erkak futbolchi hisoblanadi.

Erkaklar orasida eng ko‘p daromad qiladiganlar beshligiga yana «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (113 million yevro), PSJ hujumchisi Neymar (91,5 million yevro), «Atletiko» sharafini himoya qiladigan Antuan Grizmann (44 million yevro) va «Real» futbolchisi Garet Beyl (40,2 million yevro) kiradi.

Ayollar o‘rtasida eng ko‘p maosh olish bo‘yicha Xegerbergdan keyin jamoadoshlari Amandina Xenri (360 ming yevro) va Vendi Renar (348 ming yevro) turadi. Shuningdek «Skay Blu» a’zosi Karli Lloyd (345 ming yevro) va «Orlando» sharafini himoya qiladigan Marta (340 ming yevro) eng ko‘p maosh oladigan ayol futbolchilar sirasiga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring