Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yengilmas Shohjahon Ergashev amerikalik raqibini birinchi raunddayoq yer tishlatdi

Yengilmas Shohjahon Ergashev amerikalik raqibini birinchi raunddayoq yer tishlatdi

Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz Shohjahon Ergashev bundan bir necha daqiqa avval o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu haqda «Olamsport» nashri xabar berdi.

AQShning Chikago shahrida bo‘lib o‘tgan 8 raundlik jangda Shohjahonga Zak Remsi raqiblik qildi. WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turgan Ergashev uchun bugungi bahs reyting jangi vazifasini o‘tab berdi. Ergashev birinchi raundning o‘zidayoq raqibini nokautga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Zak Remsi shu kungacha professional ringda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (4 tasi nokaut evaziga). Beshta jangda mag‘lub bo‘lgan (3 ta nokaut).

Shohjahon Ergashev esa professional boksdagi faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. 14 ta jangda hamyurtimiz muddatidan oldin g‘alaba qozona olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring