Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messining narxi qancha? Yevropaning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi

Messining narxi qancha? Yevropaning eng qimmat futbolchilari e’lon qilindi

Foto: «SPORTARENA.com»

«CIES Football Observatory» ekspertlari Yevropaning kuchli besh chempionatida to‘p suruvchi eng qimmat futbolchilar TOP-100 reytingini tuzishdi. Bunda ularning yoshi va shartnoma muddatlari e’tiborga olindi.

«PSJ»da to‘p suruvchi 20 yoshli Kilian Mbappe bular orasida eng qimmati — yuqoridagi tashkilot fransuz hujumchisini 218,5 million yevroga baholadi.

«Tottenhem» hujumchisi va Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn ikkinchi o‘rinda — 200,3 mln. yevro.

Neymar esa uchinchi — 197,1 mln. yevro.

Shubhasiz, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ayni paytda ham jahonda tengsiz futbolchilar. Biroq yoshi kattaligi uchun ularning narxi pasaygan: masalan, Messining narxi 171,2 million yevro (7-o‘rinda), Ronaldu esa hatto yetakchi o‘nlikka ham kiritilmadi — 127,2 mln. yevro (19-o‘rin).

Eng qimmat o‘yinchilar (TOP-10)

  1. Kilian Mbappe («PSJ») — €218,5 mln;
  2. Xarri Keyn («Tottenxem») — €200,3 mln;
  3. Neymar («PSJ») — €197,1 mln;
  4. Rahim Sterling («Manchester Siti») — €185,8 mln;
  5. Muhammad Saloh («Liverpul») — €184,3 mln;
  6. Paulo Dibala («Yuventus») — €171,9 mln;
  7. Lionel Messi («Barselona») — €171,2 mln;
  8. Romelu Lukaku («Manchester Yunayted») — €162 mln;
  9. Filippe Koutino («Barselona») — €157 mln;
  10. Leroy Sane («Manchester Siti») — €156,1 mln.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring