Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyada Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari mash’ali yoqildi

Gretsiyada Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari mash’ali yoqildi

Foto: 24-kanal Sport

Gretsiyadagi Qadimiy Olimpiyada 2024-yilgi Parij Olimpiadasi mash’alini yoqish marosimi o‘tkazildi. Bu yerda miloddan avvalgi 776 yilda birinchi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan.

Marosim Olimpiya o‘yinlari madhiyasi sadolari ostida uning bayrog‘i ko‘tarilishi bilan boshlandi. So‘ngra Fransiya va Gretsiya bayroqlari ko‘tarilib, opera qo‘shiqchisi Joys Didonato ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

TASS xabariga ko‘ra, oliy ruhoniy roli topshirilgan aktrisa Meri Mina qadimgi yunon Gera ibodatxonasi qurbongohida parabolik ko‘zgu yordamida quyosh nuridan olovni yoqa olmagan, bunga noqulay ob-havo xalaqit bergan. Mash’alani dushanba kungi bosh repetitsiyada olingan olovdan yoqishga to‘g‘ri kelgan.

Olimpiya mash’ali butun Gretsiya bo‘ylab olib o‘tiladi va 8-may kuni Fransiyaning Marsel shahriga yetkaziladi.

Tantanali marosimda Greysiya prezidenti Katerina Sakellaropulu, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, Gretsiya Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Spiros Kapralos va boshqa rasmiy shaxslar qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, Parijdagi Yozgi olimpiya o‘yinlari 2024-yilning 26-iyulidan 11-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring