Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hakam gol urdi... va uni hisobga oldi (video)

Hakam gol urdi... va uni hisobga oldi (video)

Skrinshot

Darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan «Xarkemase Boyz» jamoasi futbolchilari golning urilishidan ham uning hisobga olinganidan ko‘proq taajjubga tushishdi. Rost-da, kim qo‘yibdi hakamga gol urishni...

Gollandiya havaskorlar futboli oliy ligasi yakuniy turida bosh hakam o‘zi gol urib, uni hisobga oldi. Bu xabarni o‘sha goldan aziyat chekkan «Xarkemase Boyz» jamoasi a’zolari «Twitter»da qoldirishdi.

Hakamni ayblash ham bir hisobda noto‘g‘ri. «Xoyek» futbolchilari tepgan to‘p «oyoq ostida o‘ralashib yurgan» hakamning oyog‘iga tegib, keyin darvozaga ravona bo‘ldi. Biroq u nega golni hisobga oldi — buning javobi qiziq. Balki mutaxassislar bilishar?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring