Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iker Kasilyas faoliyatini yakunlashga majbur

Iker Kasilyas faoliyatini yakunlashga majbur

Foto: «Google.com»

Vrach-kardiolog Xuan Antonio Korbalanning aytishicha, «Portu» darvozaboni Iker Kasilyas faoliyatini yakunlashi shart. Vrachning so‘zlariga ko‘ra, koronar stent bilan o‘ynash mumkin emas.

«Iker bemalol odatiy turmush tarzini davom ettirishi mumkin, ammo sport bilan professional darajada shug‘ullana olmaydi», — deydi vrach.

Kasilyas o‘zini yaxshi his qilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan. Uning holati barqarorlashgan va o‘zini risoladagidek his qilmoqda. Darvozabon o‘zini qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Kasilyas kecha o‘zini yomon his qilgani uchun mashg‘ulotdan kasalxonaga keltirilgan va unga miokard infarkti tashhisi qo‘yilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring