Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Inter» murabbiyi «Manchester Siti»dan «qo‘rqayotganini» tan oldi

«Inter» murabbiyi «Manchester Siti»dan «qo‘rqayotganini» tan oldi

«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi Yevropa Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan, «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvdan nimani kutayotganini aytib o‘tdi.

«O‘yin juda qiyin bo‘ladi. Biz favorit emasmiz, dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaymiz. Bu jamoa murabbiyini hamma yaxshi biladi, ammo biz imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz», - dedi mutaxassis.

Yevropaning klublar o‘rtasidagi asosiy turniri finali 10 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» turnirning yarim finalida «Real»ni mag‘lub etgan, «Inter» esa «Milan»dan ustun kelgan edi.

Qayd etish joiz, «Manchester Siti» joriy mavsum treblga yaqinmoqda, jamoa allaqachon Angliya Premer-ligasi (APL) va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring